Bugun PFL Yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

  • 14 dekabr, 2018, 09:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum-2018 sarhisobini amalga oshiradigan vaqt ham etib keldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ortda qolgan mavsum davomida o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosim bugun bo‘lib o‘tadi. 

Unda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi: 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi; 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi; 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni; 

- O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli; 

- PEPSI  Superliga-2018 to‘purari; 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi; 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi; 

- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi; 

- Fair Play sovrini; 

- O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini. 

Shuningdek, yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosimda mavsum davomida o‘z sohasi bo‘yicha qolgan klublarga o‘rnak bo‘la oladigan tarzda faoliyat olib borgan Eng yaxshi matbuot xizmati, Eng yaxshi marketing xizmati va qolaversa, muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.  

Ma’lumot uchun, mazkur marosim bugun soat 18:00 da “O‘zekspomarkaz” Kongresslar zalida bo‘lib o‘tadi. Jarayonni MTRK "Sport" kanali jonli ravishda translyatsiya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!