Bugun Superligada chempion aniqlanishi mumkin

  • 26 noyabr, 2018, 09:24
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Siz-u bizga shiddatli uchrashuvlar, ajoyib gollar, kutilgan va aslo kutilmagan natijalar taqdim etayotgan PEPSI Superliga-2018 yana bitta turdan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Bugun esa, 31-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi bahs bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ayni paytga kelib, mavsumni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan “Navbahor”ning bronza medallariga ega chiqishi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Biroq hali chempion nomi aniqlanganicha yo‘q. Mamlakatimizning yangi chempioni va vitse-chempioni kim bo‘lishi esa bugun bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Toshkent derbisi”da aniq bo‘lishi mumkin.

Bugun, PEPSI Superliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi markaziy to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” chempionatning oltin medallariga ega chiqish bo‘yicha rekordchi – “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar hamisha shiddatli kurashlar ostida va butun o‘zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida o‘tib kelgan. Bu safargi to‘qnashuv ham avvalgilaridan hech bir jabhada aslo qolishmasligi tayin. Zero bugun Superliga g‘olibi nomi aniqlanishi mumkin.

Ayni paytda “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari to‘plagan ochkolari o‘rtasidagi farq 6 tani tashkil etmoqda. Agar oldinda turgan super-uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasi g‘alaba qozonsa yoki durang o‘ynasa ham ketma-ket uchinchi yil chempionat oltin medallariga ega chiqadi. Buning uchun “temiryo‘lchilar”dan ertaga “sherlar”ga imkoniyatni boy bermaslik talab etiladi. “Paxtakor” esa chempionlik yo‘lida kurashni davom ettirishi uchun yirik hisobda g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi. Zero ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinlaridagi ustunlik “Lokomotiv” jamoasi tomonidan bo‘lib turibdi.

Har qanday holatda ham bugun ikkala jamoa ham mavsumdagi eng muhim va qimmatli o‘yinini o‘tkazadi. Jamoalar tarkiblarida tajriba va mahoratli futbolchilar soni etarlicha ekanini inobatga olsak, ertaga murabbiylar katta sahnaga chiqishlari ehtimol.

Ko‘ramiz, omad bu safar qaysi grand klubga nasib etar ekan. Havo harorati ayni paytda yurtimizda biroz sovuq bo‘lsa-da, bugun maydonda “jang” olib boradigan futbolchilar stadionga keladigan tomoshabinlarni bir dam sovuq qotishlariga imkon bermasliklari tayin.

Bahs soat 18:00 da “Lokomotiv” stadionida start oladi. Mavsumning eng muhim o‘yinini o‘tkazib yubormang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдул
26/11/2018 10:30
Пахтакорга омад ер булсин факат галаба