Bugun UEFA Millatlar ligasi final bosqichida ishtirok etadigan so‘nggi terma jamoa nomi ma’lum bo‘ladi

  • 19 noyabr, 2018, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Evropa qit’asi terma jamoalari yangi tashkil etilgan UEFA Millatlar ligasi musobaqasida ishtirok etishmoqda.

Tecno

Kechagi bahslardan so‘ng musobaqaning final bosqichida ishtirok etadigan 3ta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Ular Portugaliya, Angliya va Shveytsariya terma jamoalaridir. Bugun bo‘lib o‘tadigan Gollandiya – Germaniya bahsi esa so‘nggi to‘rtinchi finalchi terma jamoa nomini aniqlab beradi. Agar gollandiyalik futbolchilar ushbu o‘yinda Bundestimni mag‘lubiyatga uchrata olishsa, guruhda Frantsiyadan o‘zib ketishadi va peshqadamga aylanib olishadi. Guruh g‘olibi esa yozda Portugaliyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etadi.

UEFA Millatlar ligasining final bosqichiga esa 3 dekabr kuni Dublin shahrida qur’a tashlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!