Bugun yana bir polvonimiz shohsupadan o‘rin olishi mumkin
Finlandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kungi bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan yunon-rum kurashi yo‘nalishida -55 kilogramm vaz toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz To‘rabek Tirkashev musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi.
Xususan, musobaqani nimchorak final bosqichidan boshlagan sportchimiz ilk bahsda AQSh vakili Randon Dryu Mirandani 6-5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda xitoylik Liguo Saodan 9-1 hisobida ustun keldi. Biroq, hamyurtimiz final oldidan o‘tkazilgan bellashuvda turkiyalik Kerem Kamalga 10-1 hisoiibda imkonyaitni boy berib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, To‘rabek bronza medali uchun o‘tkaziladigan bellashuvda moldovalik Sergey Jepan va gruziyalik Nugzari Tsurtsumiya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Fikrlar