
Buskets: Bilmadim nega, ammo “Roma” kuchliroq o‘ynadi
“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets “Roma”ga qarshi (0:3) EChL chorak final javob o‘yinidan keyin o‘z fikrini bildirdi. Kataloniyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:4) o‘z uyida o‘tkazib yuborilgan gol tufayli EChLni tark etdi.
“Roma” gol urishi kerak edi va ular qat’iylik ko‘rsatishdi. Biz esa qandaydir sabablar tufayli ularga qarshilik ko‘rsata olmadik. Vaziyatlarni qay tariqa yaratishni bilmadim va o‘yin tizginini o‘zgatira bilmadik. Bilmadik nega, ammo “Roma” kuchliroq o‘ynadi.
Biz o‘tgan yili ham shunga o‘xshash vaziyatda mag‘lub bo‘lgandik va bu takrorlanmasligi haqida o‘zimizga so‘z bergan edik. Lekin biz musobaqani tark etishga majmubmiz”, – deb Buskets so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikrlar