Butrageno: “Real Madrid” Ronaldusiz ham kuchli

  • 15 noyabr, 2018, 07:46
  • 0
CHERY AUTO

“Real Madrid” klubining jamoat bilan aloqalar direktori Emilio Butragenoning fikricha, jamoa Krishtianu Ronaldusiz ham ancha kuchli.

Tecno

“Biz – Ronaldusiz ham “Real”miz. Biz qatorasiga 3 marta EChLda zafar quchdik. So‘nggi besh yilda 4 ta EChL sovrini, ammo baribir qandaydir bo‘shliq bordek. Krishtianu kuchli futbolchi va unga omad tilayman, biroq “Real” Ronaldusiz ham kuchli”, – dedi Butrageno.

“Real” Ispaniya chempionati 12-turidan keyin 20 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Madrid klubi “Barselona”dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!