CIES Football Observatory: Neymar - dunyoning eng qimmat futbolchisi, Ronaldu esa kuchli o‘nlikka ham kiritilmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

CIES Football Observatory tadqiqotlik markazi dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Aytish kerakki, ushbu reyting quyidagi faktorlarni hisobga olgan holda tuzib chiqilgan: futbolchining ayni damdagi shartnoma muddati, uning qaysi jamoada to‘p surishi, uning individual o‘yini, yoshi, maydondagi pozitsiyasi va qaysi terma jamoa a’zosi ekanligi.

Ushbu ro‘yxatga TOP-5 chempionatlarida faoliyat olib boruvchi 110ta futbolchi kiritilgan. Quyida ushbu reytingning dastlabki 15 pog‘onasidan joy olgan futbolchilar bilan tinishib chiqishingiz mumkin:

1. Neymar – 210,7 million evro (25 yosh, «Barselona», shartnomasi 2021 yilgacha)

2. Dele Alli – 155,1 mln (22 yosh, «Tottenxem», 2022 yilgacha)

3. Xarri Keyn – 153,6 mln (23 yosh, «Tottenxem», 2022 yilgacha)

4. Lionel Messi – 151,7 mln (29 yosh, «Barselona», 2018 yilgacha)

5. Antuan Grizmann – 150,3 mln (25 yosh, «Atletiko», 2021 yilgacha)

6. Luis Suares – 140,8 mln (30 yosh, «Barselona», 2021 yilgacha)

7. Pol Pogba – 134,3 mln (24 yosh, «Manchester Yunayted», 2021 yilgacha)

8. Gonsalo Iguain – 120,2 mln (29 yosh, «Yuventus»,  2021 yilgacha)

9. Eden Azar – 117,2 mln (26 yosh, «Chelsi», 2020 yilgacha)

10. Paulo Dibala – 115,3 mln (23 yosh, «Yuventus», 2022 yilgacha)

11. Krishtianu Ronaldu – 112,4 mln (32 yosh, «Real»,  2021 yilgacha)

12. Kevin de Bryuyne – 110,5 mln (25 yosh, «Manchester Siti», 2021 yilgacha)

13. Romelu Lukaku – 105,4 mln (24 yosh, «Everton», 2019 yilgacha)

14. Robert Levandovski – 100,6 mln (28 yosh, «Bavariya»,  2021 yilgacha)

15. Raxim Sterling – 98,8 mln (22 yosh, «Manchester Siti»,  2020 yilgacha)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!