Cheferin yana UEFA prezidentligiga saylanadi, chunki...
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ushbu lavozimga yana qayta saylanadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Gap shundaki, 2019 yilning 7 fevral kuni Rimda bo‘lib o‘tadigan UEFAning navbatdagi Kongressida tashkilot prezidentligi uchun saylov ham bo‘lib o‘tadi va ushbu saylovda 51 yoshli slovakiyalik funktsioner yagona nomzod hisoblanadi. Shu tariqa Cheferin UEFAni yana 4 yil davomida boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Cheferin ushbu lavozimga birinchi bor 2016 yil saylangan edi.

Fikrlar