“Chelsi” bugun Sarrini bosh murabbiy sifatida tanishtirishi mumkin

  • 11 iyul, 2018, 08:55
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi “Napoli” bilan 59 yoshli mutaxassis Mauritsio Sarrining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Sarri “aristokratlar” ustozi sifatida bugunning o‘zida tanishtirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sarri garchi “Napoli”dan ketgan bo‘lsada, uning klub bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana bir yil muddat bor edi. Shu bois neapolliklar Sarrining yangi jamoasi hisoblanayotgan “Chelsi”dan buning evaziga tovon puli talab qilishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!