"Chelsi" ham "Ayntraxt" hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi

  • 14 fevral, 2019, 15:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich Evropa grandlari qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun “Chelsi” ham kurashga qo‘shildi. “Aristokratlar” uni yozda shartnomasi yakunlanadigan 32 yoshli frantsiyalik hujumchi Olive Jiruning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Yovichga “Real” va “Barselona”dan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesligada 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!