
“Chelsi” jamoasi “Real”, “Man Siti” va “Bavariya” o‘ljasini ilib ketmoqchi
“Bayer” yarim himoyachisi Leon Beyli yozgi transfer mavsumida jamoasini o‘zgartirishga yanada yaqin turibdi. Bu haqda Metro nashri ma’lum qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh iqtidor egasiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq yamaykalik futbolchining xizmatlariga “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Real” katta qiziqish bildirgandi.
Ayni damda “Chelsi” Beylini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Uning tovon puli 95 million evroga teng.
Futbolchining o‘zi Londonda tushgan suratini "Instagram"dagi sahifasiga yukladi.
Fikrlar