“Chelsi” va “Napoli” hamon kelisha olishmayapti

  • 8 iyul, 2018, 14:35
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi hamon "Napoli" bilan murabbiy Mauritsio Sarri borasida kelisha olmayapti.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar prezidenti 59 yoshli mutaxassis uchun “aristokratlar”dan 20 mln evro tovon puli talab qilmoqda. Biroq, “Chelsi” birgina Sarri  uchun buncha mablag‘ to‘lashni istamayapti. Ta’kidlash kerakki, Sarri “Napoli”dan iste’foga chiqqach, uning o‘rnini Karlo Anchelotti egalladi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Chelsi”ning ta’tildan qaytgan futbolchilarini jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsumga tayyorlash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!