
Chempionlar ligasi guruh bosqichida kashf bo‘lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa e’lon qilindi (FOTO)
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining yakuniga etgan guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra musobaqada kashfiyot bo‘lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu jamoa tarkibidan Odisseas Vlaxodimos («Benfika»), Endryu Robertson («Liverpul»), Milan Shkrinyar («Inter»), Matteys de Ligt, Frenki de Yong (ikkalasi – «Ayaks»), Ussem Auar («Lion»), Artur («Barselona»), Nikola Vlashich (TsSKA), Jengiz Under («Roma»), Irving Losano (PSV) hamda Jeydon Sancholar («Borussiya» D) joy olishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu futbolchilarni tanlab olishda 2 kriteriyaga amal qilindi. Birinchisi, ularning yoshi 24dan katta emas. Ikkinchisi esa ularning joriy 2018 yil ushbu musobaqada qayd etgan natijalari.
Fikrlar