"Kannavaro tayinlovi – O‘zbekiston uchun sharmandali qaror"
Taniqli jurnalist Dmitriy Egorov Fabio Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
Egorov bu qarorni qattiq tanqid qilib, italiyalik mutaxassisning tajribasi etarli emasligi va maoshining ortiqcha balandligini ta’kidladi.
"O‘zbekiston: Kannavaroni tayinlash bo‘yicha sharmandalik qaror... O‘zbek futboli afsonasi, terma jamoani AQShdagi Jahon chempionatiga olib chiqqan Timur Kapadzeni chetlatish. Kim uchun? Haqiqiy murabbiy ham bo‘lmagan Kannavaro uchun-a! Kannavaro "Dinamo Zagreb" bilan so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta Xorvatiya chempionati oltin medalini boy berishga "muvaffaq bo‘ldi"!
Unga yana 4 million evro to‘lashmoqda. Nima uchun? U kim o‘zi? Bu qanday nuqsonlilik majmuasi? O‘z murabbiyingizga ishni oxiriga etkazishga imkon bermaslik qanday mumkin?", - deya jiddiy tanqid ostiga oldi mashhur jurnalistlardan biri.

Fikrlar