Ansu Fati sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"Monako" sentyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu unvonga "Barselona"dan ijaraga olingan Ansu Fati sazovor bo‘ldi.
Yosh vinger uchta uchrashuvda to‘rtta gol urdi va ularning barchasida zaxiradan maydonga tushdi.
Shuningdek, uning "Mets" darvozasiga yo‘llagan goli (5:2) muxlislar tomonidan oyning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi.



Fikrlar