Chempionlar ligasi nimchorak finalida ro‘y berishi mumkin juftliklar TOP-10

  • 10 dekabr, 2016, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari o‘z nihoyasiga etdi. Guruhlardan deyarli, kutilgan jamoalar pley-off ga chiqishdi. Turnirdagi eng qizg‘in kurashlar endi boshlanadi. Indinga musobaqaning nimchorak finaliga qur’a tashlanadi. Biz pley-offda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng qiziqarli 10 ta juftlik haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.

 

10. PSJ - "Atletiko"

O‘z milliy chempionatlarida ishlari yurishmayotgan ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvi ham muxlislarni befarq qoldirmasa kerak. Parijliklar o‘z guruhlarida "Arsenal"dan ortdo qolishgan bo‘lsa, Madridliklar "Bavariya"dan o‘zib ketishdi. Guruhdagi natijalarga qaraydigan bo‘lsak, "Atletiko" bu borada ustundek go‘yo. Biroq PSJ ham "podarka" emasligini yoddan chiqarmaslik kerak.

 

9. PSJ - "Yuventus"

Unai Emeri shogirdlari uchun yana bir noqulay raqib "Yuventus" bo‘lishi mumkin. Turinliklar A ceriyada ishonchli tarzda peshqadamlik qilishmoqda, Chempionlar ligasida ham guruhdan qiyinchiliksiz chiqishdi. Biroq "keksa sinori"ning o‘z chempionatida raqobatsiz ekanligidan PSJ unumli foydalanishi mumkin. Ushbu jamoalar o‘zaro raqib bo‘lishsa, qaysidir jamoaa alohida ustunlikka erishmasa kerak.

 

8. "Manchester Siti" - "Atletiko"

"Shahrliklar" turnirda "Barselona"ni bir marta mag‘lub eta olishdi. Agarda Gvardiolaga Madrid klubi raqib bo‘lsa, Pep bu jamoa to‘sig‘idan o‘tishi oson bo‘lmaydi. Zero Simeone ham Gvardiolaning taktikalaridan xabardor. Bu qarama-qarshilikda muxlislar ko‘proq murabbiylar dueliga guvoh bo‘lishi mumkin.

 

7. "Bavariya" - "Arsenal"

Bechora "Arsenal" oxirgi yillarda nimchorak finaldan uyog‘iga o‘ta olmayapti. Ushbu jamoa yo‘liga yo "Barselona", yo "Bavariya" to‘g‘anoq bo‘lib qolmoqda. Bu yil ham Vengerga ushbu klublardan biri raqib bo‘lishi mumkin. Xullas Anchelotti-Venger to‘qnashuvi ham har qanday tomoshabinni befarq qoldira olmasa kerak.

 

6. "Bavariya" - "Yuventus"

Bu jamoalar ichki chempionatlarida yakka hokimlikni o‘rnatib olishgan. Tabiiyki, chempionatida raqobatga duch kelmayotgan jamoalar to‘qnashuvi ham murosasiz kechishi aniq.

 

5. PSJ - "Barselona"

PSJning ChLdagi eng noqulay raqibi "Barselonaa"dir. Parijliklar bu yilgi musobaqada ham yana ushbu klub bilan to‘qnash kelish ehtimolligi yo‘q emas. Ayni paytda ikki jamoada ham kichik inqiroz ro‘y bermoqda. Bahorgacha qaysi jamoa bu inqirozdan chiqib keta olsa, o‘shanisi chorak finalga chiqadi. Agarda bu klublar nimchorakda o‘zaro raqib bo‘lib qolishsa.

 

4. "Manchester Siti" - "Yuventus"

"Yuventus" ingliz klublariga qarshi qanday o‘ynashni biladi. Biroq turinliklar "Manchester Siti" bilan uchrashib qolishsa, yaxshigina qiyinchilikka duchor bo‘lishlari mumkin. Har holda "shaharliklar"ning daxshatli "quroli" Gvardiola ChLda italiyaliklarga qarshi bahslashish borasida katta tajribaga ega.

 

3. "Real" - "Arsenal"

Bu jamoalar ChLda to‘qnash kelishmaganiga 10 yil bo‘ldi. O‘shanda Anrining yagona goli evaziga chorak finalga chiqqan "Arsenal"dan, Madridliklar o‘ch olishga harakat qilishlari mumkin. Darvoqe, o‘shanda Zidan "blankos" futbolkasida maydonga ham tushgan edi. Endi u murabbiy sifatida qasos olishi mumkin. Shuningdek, muxlislarni ikki frantsuz mutaxassisi dueli ham beparvo bo‘lishga yo‘l qo‘ymasligi aniq.

 

2. "Real" - "Yuventus"

Madridliklar uchun "Yuventus" qulay raqib emas. Zero ikki yil muqaddam Turinliklar "galaktikos"dan ustun kelib finalga yo‘l olishgandi. Shak-shubhasiz bu bellashuv ham ChLdagi finaldan-oldingi final bo‘lgan bo‘lar edi.

 

1. "Barselona" - "Bavariya"

Nimchorak finalda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng qo‘rqinchi juftlik aynan shu bo‘lsa kerak. Bu jamoalar oxirgi yillaarda Chempionlar ligasida bir necha marta raqib bo‘lishdi. Bu yil ham mazkur jamoalar to‘qnashuvi ro‘y berish ehtimolligi mavjud. Agar shunday bo‘lsa, faqat futbol yutadi.

 

Furqat Yusupov tayyorlaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!