Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slovakiya va Ukrainaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi

  • 3 oktabr, 2018, 23:02
  • 0
  • Futbol

Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yaroslav Shilgavi oktyabr oyida UEFA Millatlar ligasi doirasida Slovakiya va Ukrainaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun 21 nafar futbolchini jalb etdi.

Darvozabonlar: Tomash Vatslik (Sevilya, Ispaniya), Tomash Koubek (Renn, Frantsiya), Irji Pavlenka (Verder, Germaniya);

Himoyachilar: Teodor Gebre Selassie (Verder, Germaniya), Pavel Kaderjabek (Xoffenxaym, Germaniya), Filip Novak (Trabzonspor, Turkiya), Yakub Brabets (Rizespor, Turkiya), Ondrjey Chelyustka (Antalyaspor, Turkiya), Lukash Geyda (Viktoriya, Chexiya), Radim Rjeznik (Viktoriya, Chexiya);

Yarim himoyachilar: Antonin Barak (Udineze, Italiya), Borjek Dochkal (Filadelfiya, AQSh), Yozef Gushbauer (Slaviya, Chexiya), Yakub Yankto (Sampdoriya, Italiya), David Pavelka (Kasimpasha, Turkiya), Tomash Souchek (Slaviya, Chexiya), Yaromir Zmrgal (Slaviya, Chexiya), Yosef Shural (Sparta, Chexiya), Matey Vidra (Bernli, Angliya);

Hujumchilar: Mixael Krmenchik (Viktoriya, Chexiya), Patrik Shik (Roma, Italiya).

Eslatib o‘tamiz, Chexiya dastlab 13 oktyabr kuni o‘z maydonida Slovakiya termasini qabul qilsa, oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 16 oktyabr kuni safarda Ukraina mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!