
"Dakar - 2017": Qudratli "KAMAZ" tezkorlik bobida "Tatra"ga bas kelolmadi
Paragvay, Boliviya, Argentina hududlari bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Dakar - 2017" marafonining yuk mashinalari o‘rtasidagi poygalarida olamga mashhur "KAMAZ"lar tezkorlik bobida raqobatchilariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan va bir necha marotaba "Dakar" poygalarida tengsiz deb topilgan "KAMAZ"lar bu gal "Tatra", "Iveko" va "Reno" yuk mashinalaridan ortda qolib ketdi.
"Dakar-2017". Yuk mashinalari. Birinchi bosqich.

1. Martin Kolomi («Tatra») — 30:00
2. Ton van Genugten («Iveko») +0:13
3. Martin van den Brink («Reno») +0:25
4. Alesh Loprays («Tatra») +0:31
5. Jerar de Roy («Iveko») +0:42
6. Eduard Nikolaev (KAMAZ) +0:50
7. Piter Verslyoys (MAN) +1:02
8. Artur Ardavichyus (MAN) +1:21
9. Federiko Vilyagra («Iveko») +1:26
10. Dmitriy Sotnikov (KAMAZ) +1:31
11. Xans Steysi (MAN) +1:33
12. Sergey Vyazovich (MAZ) +1:33
13. Gert Xuzink («Reno») +1:33
14. Ayrat Mardeev (KAMAZ) +1:41
15. Anton Shibalov (KAMAZ) +1:45.
Fikrlar