
"Dakar-2017": "Toyota" fojeaga yuz yutdi
"Dakar" poygalarining uchinchi kuni "Toyota" mashinalari uchun fojeaga aylandi. Ushbu rusumdagi mashinalar murakkab yo‘llarga dosh bera olmadi. "Toyota"ni boshqarayotgan va rallida ikkinchi o‘rinda borayotgan qatarlik Nossir Al-Attiyaning mashinasida jiddiy muammolar yuz berdi. Mohir poygacha bir soatdan oshiq vaqt yo‘qotdi va chempionlik poygasidan erta chiqib ketdi.
Shu kuni "Toyota" mashinalarini boshqargan barcha pilotlar - Nani Roma, Jiniel de Vilers, Erik van Lon ham muammoga duch keldi.
Uchinchi kunga poygalarda "Pejo" mashinalari haqiqiy yo‘ltanlamas ekanini ko‘rsatdi. Dastlabki uchlik aynan "Pejo"ni boshqargan pilotlardan tarkib topdi.
"Dakar-2017". Mashinalar. Uchinchi bosqich.
1. Stefan Peteransel («Pejo») — 04:18:17
2. Karlos Sayns («Pejo») +01:54
3. Sebasten Lyob («Pejo») +3:08
4. Mikko Xirvonen («Mini») +3:57
5. Siril Depre («Pejo») +7:48
6. Orlando Terranova («Mini») +11:26
7. Yazid Al-Raji («Mini») +3:13
8. Nani Roma («Toyota») +13:16
9. Martin Prokop («Ford») +19:06
10. Yakub Pjegonskiy («Mini») +19:58
Umumiy natijalar.
1. Sebasten Lyob («Pejo») — 06:54:56
2. Karlos Sayns («Pejo») +0:42
3. Stefan Peteransel («Pejo») +4:18
4. Mikko Xirvonen («Mini») +9:38
5. Nani Roma («Toyota») +13:04.
Fikrlar