Daniele de Rossi: “Latsio” zo‘r o‘ynadi, bunga hech qanday shubha yo‘q
“Roma” sardori Daniele de Rossi kecha A Seriyaning 26-turida “Latsio”ga (0:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Rim derbisida uchralgan yirik mag‘dubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Oldimizda Chempionlar ligasi doirasida juda muhim o‘yin kutib turganini inobatga olib, bugungi o‘yinni diqqat bilan tahlil qilib chiqishimiz kerak.
“Latsio” bugun zo‘r o‘ynadi, bunga hech qanday shubha yo‘q.
Biz so‘nggi oylarda ko‘plab ochkolar to‘pladik, ammo o‘sha o‘yinlar “Frozinone” va “Bolonya” kabi jamoalarga qarshi o‘tkazildi. “Roma” yana to‘g‘ri yo‘lga qaytadi deb umid qilaman.
Bu biz yutqazgan birinchi derbi emas, ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi. Endi faqatgina oldinga intilishimiz lozim”, - deydi de Rossi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 44 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar