Daniyar Eleusinov hamyurtiga Shahramni qanday engish bo‘yicha maslahat berdi

  • 1 sentabr, 2017, 11:44
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Yaxshi bilasiz, bugun 3 nafar bokschimiz Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida kurash olib borishadi.

Jumladan 69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov final uchun qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovga qarshi ringga chiqadi.

Rio olimpiadasi chempioni Daniyar Eleusinov Vesti.kz nashriga bergan intervyusida hamyurti Ablayxanga Shahramni yutish uchun bir qancha tavsiyalar berdi.

“Menga bokschilarimizning ushbu jahon chempionatida namoyish etayotgan janglari yoqmoqda. Yarim finalda 6 ta bokschi – bu juda ham yaxshi ko‘rsatkich. Endi finalda ham shunday yaxshi natijalarni kutamiz.

G‘iyosovni mag‘lub etish mumkin deb o‘ylayman. Uni xato qilishga majbur etish lozim.  O‘sha xatolardan esa unumli foydalanish kerak. Asosan qarshi hujumda ishlash lozim. Albatta, hech kimda shubha qoldirmaslik uchun o‘zi ham hujumlarni tashkil etishi kerak bo‘ladi.

“Tomonlardan” ishlash kerak. “To‘g‘ridan” ishlash kerak emas. Shuningdek, bir joyda turib qolmaslik lozim. O‘zi uchun qulay pozitsiyani tanlay bilishi va oldingi qo‘li bilan ishlashi lozim. Tana bilan ham ishlashi zarur”, – deb aytib o‘tdi Eleusinov.

Eslatib o‘tamiz, Rio olimpiadasi finalida Shahram G‘iyosov finalda aynan ushbu bokschi bilan to‘qnash kelgan va hakamlar xulosasiga ko‘ra, turnirni tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!