David Luis "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytiradi
Goal tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar 31 yoshli futbolchi uchun bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Uning amaldagi shartnomasi esa mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy yilgi mavsumda APLda 22 bahsda maydonga tushdi va 1 gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar