
David Luis “MYu”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani sababi ma’lum bo‘ldi
“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte klub himoyachisi David Luisning “MYu”ga qarshi (1:0) kechgan APL 11-tur o‘yinida maydonga tushmagani sababini tushuntirib berdi.
“Barchasi oddiy. Murabbiy vazifasi – jamoa foydasi uchun eng yaxshi qarorni chiqarish. “MYu”ga qarshi o‘yinda Kristensenni o‘ynatishni, Ampaduni esa zaxiraga qo‘yilni foydaliroq deb bildim. Bular yosh va istiqbolli futbolchilar.
Balki keyinchalik boshqa variantlarni qo‘llab ko‘rarman, balki shunisida qolarman. Yana bir bor aytaman, barcha qarorlar klub foydasiga hal qilinmoqda. Ba’zida xatolar qilaman, ba’zida esa ijobiy natijalar keltiraman. Umuman olganda, Kristensen ajoyib o‘yin o‘tkazdi”, – dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar