David Vilya yapon klubidagi ilk golini urdi (video)

  • 02.03.2019 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyalik mashhur hujumchi David Vilya faoliyatini Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida davom ettirayotganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak.

37 yoshli futbolchi bugun Yaponiya chempionati doirasidan o‘rin olgan “Sagan Tosu”ga (1:0) qarshi o‘yinda “Vissel Kobe”dagi debyut golini kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Vilya yapon klubi safiga o‘tgan yilning dekabrida “Nyu-York Siti”dan kelib qo‘shilgan edi. “Vissel Kobe”da shunigdek Andres Inestavai Lukas Podolski kabi futbolchilar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!