De Rossi "Roma" tarkibida 600-uchrashuvini o‘tkazdi

  • 27 sentabr, 2018, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 6-turi doirasida "Roma" "Frozinone"ni 4:0 hisobi bilan mag‘lub etdi.

Tecno

Rimliklar sardori Daniele De Rossi uchun ushbu bahs "Roma" safida 600-uchrashuv bo‘lmoqda. Aytib o‘tish joizki, "Frozinone"ga qarshi bahsda 35-yoshli italiyalik asosiy tarkibda maydonga tushib 82-daqiqada maydonni tark etdi.

Ma’lumot uchun, De Rossi "Roma" safida 2001 yilda debyut uchrashuvini o‘tkazib. Shu davr mobaynida, ikki marotaba Italiya kubogini va bir marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 

Shu qatori, 2006 yilda Daniele Italiya terma jamoasi safida jahon chempioniga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!