
Denis Istomin ATP reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib oldi
Professional tennischilar uyushmasi – ATP o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra XVIII Osiyo o‘yinlari g‘olibi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin jadvalda bir pog‘ona ko‘tarilib, 799 ochko bilan 75 o‘rinni egallab oldi.
Reyting jadvalining kuchli o‘nligida o‘zgarish ro‘y bermadi. Unda ispaniyalik Rafael Nadal 10040 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar