
Denis Istomin "St. Petersburg Open"ni g‘alaba bilan boshladi
Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan "St. Petersburg Open" turnirida yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
Denis musobaqaning juftlik uchrashuvlarida rossiyalik Mixail Elgin bilan mezbon tennischilar – Taymuraz Gabashvili va Evgeniy Karlovskiy ustidan 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Denis ertaga yakkalik bahslarida qozog‘istonlik Mixail Kukushkin qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar