
Denis Istomin bugun misrlik tennischi bilan o‘ynaydi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tayotgan "Chellenjer" turkumidagi musobaqada bugun ikkinchi davra bahslari boshlanadi.
Ushbu bosqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin misrlik Muhammad Safvatni sinovdan o‘tkazadi.
Denis va Muhammad o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 9:30da boshlanadi. Mazkur bahsda mahoratli tennischimizga omad tilaymiz.
Fikrlar