
Denis Istomin finalda!
AQShning Chikago shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Chicago Challenger" turnirida Denis Istomin finalga yo‘l oldi.
Denis musobaqaning yarim finalida amerikalik Born Fratandjeloga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bir ozdan so‘ng D.Istomin final bosqichida kimga qarshi o‘yin o‘tkazishi ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar