Denis Istominni mag‘lub qilgan tennischi yarim finalga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor Gshtaad shahrida erkaklar o‘rtasida "J.Safra Sarasin Swiss Open Gstaad" turniri o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqaning chorak final bahslarida estoniyalik Yurgen Zopp argentinalik Fakundo Banisni 3:6, 6:4, 6:3 hisobida enggan bo‘lsa, italiyalik Matteo Berrettini ispaniyalik Felisiano Lopes ustidan 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi.

 

Shuningdek, ushbu bosqichda serbiyalik Laslo Dere va ispaniyalik Roberto Bautista-Agut g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Bugun Yurgen Zopp va Matteo Berrettini, Laslo Dere va Roberto Bautista-Agut yarim final bahslarida o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!