
Denis Istominning "US Open"dagi raqibi aniq bo‘ldi
Joriy yilning 27 avgust kunidan 9 sentyabr kuniga qadan Nyu Yorkda "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionati o‘tkaziladi.
Sovrin jamg‘armasi 25,282,400 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini Denis Istomin himoya qiladi.
Denis turnirdagi ishtirokini asosiy to‘rning birinchi davrasidan boshlaydi. Ushbu bosqichda unga amerikalik Stiv Jonson raqiblik qiladi.
Fikrlar