
Denis Istominning kortga chiqish vaqti o‘zgardi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida Professional tennischilar uyushmasi – ATP tomonidan "Sofia Open" turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqada mamlakatimiz sharafini birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin himoya qilmoqda. Deni sovrin jamg‘armasi 586,140 evroni tashkil qiluvchi ushbu turnirning birinchi davrasida italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadi.
Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00dan so‘ng boshlanadi. Denis va Matteo uchrashuvi g‘olibi ikkinchi davrada rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar