Denisovning yangi jamoadoshi Portugaliya termasiga chaqirilmadi

  • 25 avgust, 2017, 23:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoasining JCh-2018 saralash bosqichida Farrer orollari va Vengriya termasiga qarshi bahslari uchun tarkibini  e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, undan hamyurtimiz Vitaliy Denisovning yangi jamoadoshi Ederga joy tegmagan.

Portugaliya terma jamoasining Farrer orollari va Vengriyaga qarshi bahslari uchun chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Ruy Patrisu («Sporting»), Betu («Geztepe»), Varela («Benfika»).

Himoyachilar: Joau Kanselu («Inter»), Sedrik Soaresh («Sautgempton»), Elizeu («Benfika»), Fabiu Koentrau («Sporting»), Pepe («Beshiktash»), Brunu Alvesh («Reyndjers»), Joze Fonte («Vest Xem»).

Yarim himoyachilar: Vilyam Karvalyu («Sporting»), Adrian («Sporting»), Andre Gomesh («Barselona»), Danilo Pereyra («Portu»), Joau Mariu («Inter»), Joau Moutinyu («Monako»), Pitstsi («Benfika») Bruma («RB Leyptsig»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Jelson Martinsh («Sporting») Rikardu Kuarejma («Beshiktash»).

Hujumchilar: Andre Silva («Milan»), Krishtianu Ronaldu («Real Madrid»), Nelson Oliveyra («Norvich»).

Ma’lumot uchun, Farrer orollariga qarshi bahs 31 avgustda, Vengriyaga qarshi bellashuv esa 3 senytabrda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!