Husanov o‘rniga jahon chempioni keladi!

  • 6 oktabr, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 2025 yilning 20 yanvarida jamoaga Abduqodir Husanovni olib kelish bilan boshlagan avlodlar almashinuvi jarayonini hali yakunlagani yo‘q.

Tecno

Xosep Gvardiola ikkita transferlar oynasi davomida o‘z jamoasiga o‘n nafardan ko‘p yangi ijrochilarni qo‘shib olganiga qaramay, ayrim pozitsiyalarni yanada kuchaytirishga ehtiyoj borligi ko‘rinib qoldi.

Hozir “Manchester Siti”ning eng zaif nuqtasi himoyaning o‘ng qanoti bo‘lib turibdi. Bu pozitsiyada o‘ynashga asosiy nomzodlar hisoblangan Riko Lyuis va Mateush Nunesh deyarli har bir uchrashuvda himoyalanishda xatoga yo‘l qo‘yishi tabiiy holga aylangan.

Shu bois, Xosep Gvardiola so‘nggi uchrashuvlarda bu pozitsiyada asli markaziy himoyachi bo‘lgan Abduqodir Husanovni o‘ynatishga qaror kildi. Husanov bu pozitsiyada ideal ijrochiga aylandi. 21 yoshli legionerimiz jarohat olgunga qadar  bu nuqtada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edi.

Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov o‘ziniki qilib olgan joyga baribir haqiqiy o‘ng qanot himoyachisi kerak, degan xulosaga keldi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, manchesterlik skautlar hozir Xosep Gvardiola o‘yin uslubiga mos tushadigan o‘ng qanot himoyachini topish maqsadida bir necha nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda. Manbaga ko‘ra, “shaharliklar”ga Ispaniya chempionatida “Atletiko Madrid” sharafini himoya qilayotgan Nauel Molina ma’qul kelgan.

27 yoshli argentinalik jahon chempioni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘ygan talablarning aksariyatiga mos kelishi aytilyapti.

Nauel Molina aslida Argentinaning “Boka Xuniors” klubi tizimida tarbiyalangan. O‘z yurtida bu klubning ikkinchi jamoasidan tashqari “Defensa” va “Rosario”da ham to‘p tepgan. Molina 2020 yili Evropaga ko‘chib o‘tdi. Italiyaning “Udineze” klubi uni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib oldi.

2022 yili Molina Madridga yo‘l oldi. “Atletiko” bosh murabbiy Diego Simeonega ma’qul kelgan o‘yinchi uchun A Seriya klubiga 20 million evro to‘ladi.

To‘liq o‘ng qanotni yopa oladigan bu o‘yinchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsum yakunlanganidan keyin uni arzonroq sotib olish imkoni tug‘iladi. 

Ikki yil avval transfer summasi 50 million evroga ko‘tarilgan argentinalik bu yulduzni Transfermarkt portali ayni paytda 20 million evroga baholamoqda.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov hozir jarohati tufayli “Manchester Siti”ga yordam bera olmayapti. Hamyurtimiz mavsum boshidan beri ikkinchi marta jarohatga yo‘liqdi. Eng achinarlisi, sentyabr oyida  O‘zbekston milliy terma jamoasi yig‘ini va uchrashuvlarda ishtirok eta olmagan  Abduqodir oktyabr oyidagi xalqaro tanaffusda ham terma jamoaga kela olmaydi.

Husanovning ustozi superrekord o‘rnatdi

Husanov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish bo‘ladi: Xoland va Rodri ketishi kutilyapti

O‘zbekiston terma jamoasi etakchilarining Kannavaro murabbiyligiga munosabati qanday?
Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi

Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!