O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!

  • 06.10.2025 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 mamlakat terma jamoasi qatnashadi. Hozirgacha musobaqa mezbonlari – AQSh, Kanada va Meksikadan tashqari yana 15 ta milliy jamoa jahon chempionatiga chiqib bo‘lgan.

Tecno

Quvonarli tomoni, mundial yo‘llanmasini naqd qilganlar orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bor. Evropa futbolining nufuzli manbasi –  GOAL.COM sayti  yaqinda navbatdagi jahon chempionatida  favoritlar reytingini tuzib chiqqan edi. E’tiborli jihati shundaki, bu reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25-pog‘onada qayd etildi.

Bundan tashqari, GOAL.COM ekspertlari jahon chempionatiga yo‘llanma olgan har bir terma jamoaning imkoniyatlarini ham chamalab chiqmoqda.

Sports.uz portali evropalik mutaxassislarning O‘zbekiston milliy terma jamoasi imkoniyatiga bergan bahosini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Juda ko‘p boy berilgan imkoniyatlar va muvaffaqiyatsizliklardan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi, nihoyat, kelasi yozda bo‘ladigan 2026 yilgi jahon chempionatida debyut qiladigan bo‘ldi.

Mundialga chiqish yo‘li oson bo‘lgani yo‘q. Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligidagi muammolar tufayli yanvardayoq iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Terma jamoaning sobiq yarim himoyachisi Timur Kopadze sloveniyalik murabbiy boshlagan ishni oxiriga etkazdi.

2025 yilning 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklari maydonida o‘tgan uchrashuvda golsiz durang o‘ynagan O‘zbekiston saralash guruhida ikkinchi o‘rinni naqd qilib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu jamoa o‘yinchilarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi yaqinda  “CAFA Nations cup 2025” xalqaro turniri finalida Eron milliy terma jamoasi uchtidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin yanada mustahkamlandi. Bu o‘zbeklarning oxirgi o‘nta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ettinchi o‘yini bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash joizki, bo‘lajak jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining pley-offga chiqish imkoniyati ko‘p jihatidan “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoya chizig‘ining o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan tashqari, hujum chizig‘ida ham yorqin iste’dodlar borligini unutmaslik kerak. Terma jamoa sardori Eldor Shomurodov “Roma”da o‘ynagan va bu mavsumni “Istanbul Bashakshehir”da o‘tkazmoqda. Bu klub yaqinda yana bir salohiyati yuqori o‘yinchi – 21 yoshli Abbosbek Fayzullaevni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi, - deb yozdi GOAL.COM portali.

23-marotaba tashkil etilayotgan navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan boshlanadi va 19 iyulga qadar davom etadi. Hozirgacha yo‘llanmani qo‘lgan kiritganlar orasida O‘zbekiston va Iordani ilk bor mundialda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ladi.\

Gvardiola hammani “choyxona”ga chaqirdi

Husanov o‘rniga jahon chempioni keladi!

Husanovning ustozi superrekord o‘rnatdi

Husanov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish bo‘ladi: Xoland va Rodri ketishi kutilyapti

O‘zbekiston terma jamoasi etakchilarining Kannavaro murabbiyligiga munosabati qanday?
Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi

Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustam Ro‘ziyev
06/10/2025 10:23
Шомуродов ЖЧни ёндиришдан олдин Туркия чемпионатини ёндирсин. Ўйини очиляпти деб мақтаб турсак кеча энг паст балл олди.
Baxil Alihuja
06/10/2025 08:17
бля бля бля