Devid Moyes hayratda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Sanderlend” jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes “Kristal Pelas”ga qarshi (4:0) APL 24-tur o‘yinidan keyin o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz va raqib jamoa chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Mana shu o‘yin katta ahamiyatga ega edi. Birinchi gol jamoaga ishonch bag‘ishladi, keyin esa bachasi fodamizga hal bo‘ldi. Menimcha, men boshqarayotgan jamoa birinchi marta birinchi taymda 4:0 hisobida zafar quchayotgan edi.

Ikkinchi bo‘limda ahmoqona vaziyatlardan qutulish uchun harakat qildik. Shunga qaramay, raqib bir nechta vaziyatlar yaratdi. Nima bo‘lganda ham, mazkur g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi”, – dedi shotlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "Sanderlend" erishilgan g‘alabaga qaramay, 19 ochko bilan so‘nggi — 20-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!