Devid Xey: Klichkoning ahvoli og‘ir

  • 23.02.2017 20:14
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Britaniyalik mashhur professional bokschi Devid Xey ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning (63-4-0, 53 KO) jamoasida unga xabar etkazib turadigan odami borligini va u ushbu jamoada nimalar bo‘layotganidan xabarjor ekanini aytdi.

- Entoni Joshua yosh va baquvvat yigit, - dedi Devid Xey. - Vladimir esa 41 yoshga to‘ldi.Og‘irgi jangida ham qarigani ko‘rinib qoldi. 29 aprel kuni bo‘ladigan jangda eng zaif Klichkoni ko‘ramiz. Vladimirning mashg‘ulot lageridan uning ahvoli yaxshi emasligi haqida ma’lumotlar kelmoqda. Joshua uni rosa do‘pposlaydi.

29 aprel kuni Vladimir Klichko WBA Super, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamari uchun britaniyalik Entoni Joshua (18-0-0, 18 KO) bilan jang qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!