
Devis kubogi. Bugun tennischilarimiz britaniyalik raqiblariga qarshi kortga chiqishadi
Unda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston termalari o‘zaro bahs olib boradi. Bugun yakkalik bahslari orqali jamoalar o‘zaro hisob-kitob qilib olishadi.
Dastlab O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi. 28 yoshli raketka ustasi ayni vaqtda ATP reytingida 222-o‘rinda bormoqda.
So‘ng kortga Jo‘rabek Karimov va Kemeron Norrilar tushishadi. 23 yoshli Norri ayni vaqtda ATP reytingida 70-pog‘onani egallab turibdi. Ma’lumot uchun, Karimov reytingda 434-pog‘onada bormoqda.
Ertaga juftlik bahslari o‘tkaziladi. Hozircha terma jamoamiz sardori Petr Lebed ushbu bahsga Denis Istomin va Sanjar Fayzievni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bugungi uchrashuvlarga qarab, juftlik bellashuvlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Devis kubogiga oid eng so‘nggi yangiliklarni SPORTS.uz da kuzatib boring!
"Devis kubogi". Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o‘yinlari.
Shotlandiya. Glazgo. "Emireyts arena". Xard kort.
14-16 sentyabr. 5 ta uchrashuv.
Buyuk Britaniya - O‘zbekiston.
Fikrlar