Dik Advokatning yangi ish joyi qaysi jamoa bo‘ldi?
Gollandiyalik mashhur mutaxassis Dik Advokat "Utrext" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 70 yoshli murabbiy faoliyati davomida "Xarlem", "Dordrext", PSV, "Reynjers", "Borussiyu" (Myunxengladbax), "Zenit", "Sanderlend" va "Fenerbaxche" kabi klublarda, shuningdek Gollandiya, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya va Belgiya kabi terma jamoalarda ishlagan.
Ma’lumot uchun, "Utrext" ayni damda Gollandiya chempionatida 11-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar