Dillian Uayt super og‘ir vaznda chempionlik kamarini munosib himoya qildi

  • 29 iyul, 2018, 09:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Yangi Zelandiyalik bokschi Jozef Parker britaniyalik Dillian Uaytga qarshi kechgan bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

12 raund yakuniga ko‘ra, hakamlar 113-111, 115-110, 114-111 hisoblarida Uaytning g‘alabasini e’lon qildi.

Mazkur jangda Uayt raqibini ikkinchi va sakkizinchi raundlarda nokdaunga uchratishiga qaramasdan jang davom etdi. Shuningdek, 12-raundda ham nokdaun qayd etildi, Parker nokautga uchramaslikning uddasidan chiqdi.

Bu g‘alaba Uaytga WBC Silver kamarini o‘zida saqlab qolish imkonini berib, yana ushbu vaznda WBO International chempionligini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!