Dzyudochilarimiz mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan Gran-Prida ishtirok etishadi

  • 22.01.2019 17:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

24-26 yanvar kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha yilning ilk Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 54 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra terma jamoamiz bahslarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-60 kg: Rahmon Jumaev, Kemran Nurullaev
-66 kg: Shahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: G‘iyosjon Boboev, Ulug‘bek Otamurodov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev, Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov, Sherali Jo‘raev
+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev

Ayollar:

-52 kg: Gulnoza Ziyaeva, Diyora Keldiyorova
-57 kg: Amina Mamedova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
+78 kg: Nodira Yo‘ldosheva

Murabbiylar:

Farhod To‘raev
Kamol Murodov
Rafgat Izmaylov

Shuningdek hakamlarimiz Vyacheslav Pereteyko va Ramziddin Saidov ham Gran-Pri davomida faoliyat olib boradilar.

Qayd etish lozimki, mazkur turnirning sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, musobaqa Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ballarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!