
EChL haftaligining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
UEFA ushbu hafta Evropa chempionlar ligasi bahslarining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Mazkur hasta turnirning guruh bosqichi birinchi tur o‘yinlariga start berildi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga Lionel Messi (“Barselona”) va Nabil Fekir (“Lion”), yarim himoyachilar Jeyms Milner (“Liverpul”) va Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) da’vogarlik qilmoqda.
Yuqoridagi futbolchilar o‘z klublari bilan turnirni muvaffaqiyatli boshlab olishdi.
Fikrlar