Uch karra olimpiya chempioni bokschi ko'chada ovqat izlamoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda kubalik mashhur bokschi Feliks Savon ishtirokidagi video keng tarqaldi, deb xabar beradi Sports.kz.
Uch karra Olimpiada chempioni bo‘lgan sportchi videoda qo‘lida plastik chelak bilan chiqindixona yoqasidan o‘tayotgani aks etgan. Avtomobilda o‘tirar ekan, uni tasvirga olgan shaxs Savondan bu yerda nima qilayotganini so‘raydi.
Bokschi esa qisqa javob beradi: «Ovqat yig‘yapman. Yeyish uchun ovqat».
Feliks Savon 1992, 1996 va 2000 yillarda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida uch marta oltin medalga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u jahon chempionatida olti marta (1986, 1989, 1991, 1993, 1995, 1997) g‘olib chiqqan, to‘rt marta (1987, 1990, 1994, 1998) Jahon kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar