Elbek Sultonov Paraosiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi

BEPUL PROPAN

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘tayotgan III yozgi Paraosiyo o‘yinlarining uchinchi kuni ham muvaffaqiyatli boshlandi.

Musobaqaning engil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Elbek Sultonov 15,67 natija ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozimki, u mazkur yo‘nalishda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblangan eronlik sportchi Saman Pakbazni ham ortda qoldirdi.

Bugun quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladilar:

Engil atletika:

Farrux Saidxodjaev (yadro uloqtirish, final)
Musulmonqul Ahmedov (disk uloqtirish, final)
Elbek Sultonov (yadro uloqtirish, final)
Doniyor Ahmedov (100 metrga yugurish, saralash va final)
Mansur Abdirashidov (100 metrga yugurish, saralash)
Sabina Suxanova (100 metrga yugurish, saralash)
Natasha Semyonova (nayza uloqtirish, final)
Bektemir Hasanov (disk uloqtirish, final)
Yorqin Odilov (yadro uloqtirish)

Suzish:

Dmitriy Xorlin (200m, kompleks usulida suzish, erkaklar)
Islam Aslanov (200m, kompleks usulida suzish, erkaklar)
Firdavsbek Musabekov (200m, kompleks usulida suzish, erkaklar)
Shohsanam Toshpo‘latova (200m, kompleks usulida suzish, ayollar)
Fotima Amilova (200m, kompleks usulida suzish, ayollar)
Nigora Mirzohidova (200m, kompleks usulida suzish, ayollar)

Dzyudo:

ayollar:

-57kg: Nafisa Sheripbaeva
-63kg: Parvina Samandarova

erkaklar:

-73kg: Feruz Saidov
-81kg: Nurbek Mirzaev

O‘q otish:

Server Ibragimov (10m. pnevmatik to‘pponcha, P1)
Aziz Ibragimov (10m. pnevmatik to‘pponcha, P1)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!