Eldor Shomurodov: Osiyo kubogida har bir raqibga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak

  • 6 yanvar, 2019, 21:59
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik a’lo darajada kechmoqda. Terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning kayfiyati yuqori. Xudoga shukur, hamma safda, yaxshi kayfiyatda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Birinchi o‘yinni yaxshi boshlab olish juda muhim. Hozirda bor e’tiborimiz shunga qaratilgan.

Ummon ham oddiy jamoa emas. Umuman, Osiyo Kubogida har bir terma jamoaga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Iordaniya Avstraliyani qanday yutib qo‘yganini barcha ko‘rdi. Shu sababli raqibni mensimaslik yoki o‘yinga jiddiylik bilan tayyorgarlik ko‘rmaslik yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Buni juda yaxshi his qilgan holda, Osiyo Kubogidan o‘rin olgan birinchi o‘yinga ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", - dedi Eldor Shomurodov O‘FA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
А.Н.Т
06/01/2019 23:26
Омад Узбекистонга