Emeri "Emireyts"ga "Barsa" futbolchisini olib kelmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.
Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda “kanonirlar”ning yangi ustozi Unai Emeri 24 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona” ham imkon qadar tezroq Gomeshdan qutulishga harakat qilmoqda. Uning transfer narxi esa londonliklarga taxminan 22 mln evroga tushishi mumkin.



Fikrlar