Engilmas Qudratillo bugungi superjangga tayyor!

  • 09.07.2017 09:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning WBC Silver – kumush kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov (11-0-0, 8 KO) 9 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkaziladigan professional boks kechasida "Mexanik" laqabli mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenkoga qarshi jang qiladi.

 

Dmitriy Mixaylenkoga (22-1-0, 10 KO) faoliyati davomida WBC Silver kamariga ega qilgan. Biroq, rossiyalik bokschi 2016 yili zimbabvelik Charlz Manyuchiga qarshi jangda unvonini boy bergandi. Mixaylenko keyinchalik kolumbiyalik Breydis Preskottni nokautga uchratib, qo‘ldan chiqargan sovriniga rasmiy da’vogar maqomini oldi.

Bu orada Charlz Manyuchi 25 mart kuni Singapurda o‘tkazilgan jangda Qudratillo Abduqahhorovdan birinchi raundda nokautga uchrab, WBC Silver kamarini o‘zbek bokschisiga topshirdi.

O‘zbek professional bokschilari orasida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi eng muhim jangga AQShda tayyorlandi. Bo‘lajan bellashuvda hamyurtimizga g‘alaba tilaymiz.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!