
"Etixad"da yangi mavsum boshlanmoqda yoxud "Manchester Siti" bugun "Xaddersfild"ni qabul qiladi
Bugun Angliya premer-ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hususan, shu kuni musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan “Manchester Siti” o‘z maydonida “Xaddersfild”ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tish lozimki, “Xaddersfild” ilk turda “Chelsi”ga (3:0) yirik hisobda yutqazgan bo‘lsa, “shaharliklar” safarda “Arsenal” (2:0) ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Quyida bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Manchester Siti" – "Xaddersfild"
Stadion: "Etixad" (Manchester)
Boshlanish vaqti: 17:30
Bosh hakam: Andre Marriner (Angliya)
"Manchester Siti": Ederson – Uolker, Stounz, Lyaport, Mendi – Fernandino, Gyundogan, B. Silva – Sane, Sterling, Aguero.
"Xaddersfild": Xamer – Kongolo, Shindler, Diaxabi – Lou, Billing, Xog, Muy, Xaderdjonaj – Pritchard, Mune.
Fikrlar