
"Everton" Risharlisonni 90 mln evroga baholamoqda
Liverpulning "Everton" klubi o‘zining Evropa grandlari e’tiboriga tushgan hujumkor yarim himoyachisi Risharlisonning narxini e’lon qildi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “irischilar” 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 90 mln evroga baholashmoqda. Unga ayni damda "Chelsi", "Milan", PSJ va "Atletiko" kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum APLda jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar