“Everton” va “MYu” bir futbolchi uchun kurashmoqchi

  • 13 fevral, 2017, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Maykl Antonio yozda “bolg‘achilar” safini tark etishi mumkin. Sunday People nashrining ma’lum qilishicha 26 yoshli futbolchiga premer-liganing boshqa jamoalaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" va "Everton"ning yozgi transfer davridagi asosiy nishoniga aylangan. Qishda Antonioga Londonning “Chelsi” klubi qizqish bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, Maykl ushbu mavsumda “Vest Xem” safida jami 32ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8ta gol va 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning londonliklar bilan amaldai shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!